Joriy yilning 7 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymonining dafn marosimi o`tkazish uchun millionlab odamlar ko`chaga chiqdi. Dafn marosimida olamon ichida qolgan odamlarning kamida 56 tasi halok bo`ldi. Natijada, Sulaymoniyning so`nggi yo`lga kuzatish bir necha soatga kechiktirildi.
Eslatib o`tamiz, biroz avval dafn marosimi vaqtida 35 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o`tamiz, Qosim Sulaymoniy 3 yanvarda AQShning havo hujumlari oqibatida halok bo`lgan edi. Quds kuchlariga rahbarlik qilgan Sulaymoniy Yaqin Sharq bo`ylab Tehronning qo`shinlari tarmog`ini barpo etishda katta rol o`ynagan. U AQSh kuchlarini Iroqdan haydab chiqarish bo`yicha uzoq vaqtdan beri davom etayotgan harakatlar boshchisi edi.






