1

Tez tibbiy yordam resept va ma`lumotlar bermaydi

Salomatlik 09.02.2015, 18:22
Tez tibbiy yordam resept va ma`lumotlar bermaydi

O`z dolzarbligini sira yo`qotmaydigan mazkur mavzuga doir savollarga Toshkent shahar Tez tibbiy yordam bosh shifokori S.Agzamxodjaev javob beradi.

Qanday hollarda chaqiriladi?

  • Fuqarolarning sog`lig`iga yoki hayotiga xavf tug`diruvchi to`satdan kelib chiqqan kasalliklarga;
  • Baxtsiz hodisalar,
  • Shikastlanishlar,
  • Zaharlanishlar,
  • Homiladorlikdagi asoratlar yuzaga kelganda,
  • Tug`ruq davrida.

Qanday hollarda murojaat etilmaydi:

  • Bemor yoki jabrlanuvchi tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lmaganda va davolash profilaktik muassasasiga o`zi mustaqil murojaat qila oladigan bo`lsa;
  • Oilaviy poliklinika ish vaqtida tana harorati ko`tarilgan bemorlarga (bemor hayotiga xavf solish holatlari bo`lmagan vaqtda)
  • Oilaviy poliklinika shifokori ko`rsatmalari bo`yicha muolaja olayotgan bemorlarga muolajalarni qildirish uchun.
  • Oilaviy poliklinika shifokori nazoratida turgan, shoshilinch tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan bemorlarga.

Tez tibbiy yordam vazifasiga kirmaydi:

  • Sud tibbiy akti tuzish,
  • alkogol va giyohvand moddalardan mastlikni ekspertiza qilish,
  • resept va ma`lumotlar berish
  • o`lim akti tuzish,
  • sog`ligi to`g`risida xotima berish
  • mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish.

Qaysi raqamlarga qo`ng`iroq qilinadi?

Har qanday telefondan 103 hamda shaharning hamma tumanlaridan 236-73-32, 236 -73-60 raqamlariga kunu tun qo`ng`iroq qilish mumkin.

Nozimga qanday ma`lumotlar beriladi?

  • Chaqiriqning aniq manzili;
  • Bemorning ismi-sharifi, jinsi va yoshi;
  • Shikoyati;
  • Qaysi telefon raqamidan tez tibbiy yordam chaqirilayotgani va chaqiruvchining ismi-sharifi;

Qancha vaqtda etib boradi?

Tez tibbiy yordam chaqirilgandan so`ng fuqarolarning sog`ligiga yoki hayotiga xavf  tug`diruvchi to`satdan kelib chiqqan kasalliklarga, baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar va zaharlanishlar 15-30 daqiqa, surunkali kasalliklarga hamda tana harorat ko`tarilgan bemorlarga 30 daqiqadan 1 soatgacha vaqt ichida etib borish imkoniyat yaratilgan.

Qanday hujjatlar kerak?

Bemorni shifoxanaga yotkizish zarurati bo`lganda, bemorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini (pasport yoki guvohnoma) tez tibbiy yordam brigadasiga taqdim etish kerak.

Tez tibbiy yordam stansiyasi kattalar va bolalarga tunu-kun, bepul xizmat ko`rsatadi.

Bemor nazorat ostida bo`ladi

Bemorning keyingi holati hamda  shifoxonaga yotishni rad qilganlar sutka davomida har 3 soatda nazorat qilinadi va ertalab turar joyi bo`yicha oilaviy poliklinikaga nazorat uchun yo`naltiriladi.

Shikoyat uchun murojaat

Tez tibbiy yordam xizmati yuzasidan shikoyat bo`lsa, tezkor bo`limning kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan katta shifokori telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 236-73-32, 236-73-60

Ishonch telefonlari: 236-73-60, 236-73-68.

Raqam

Bir sutkada tez tibbiy yordam xizmatiga 2500 gacha murojaat kelib tushadi.

2014 yil davomida tez tibbiy xizmati tomonidan 780 mingdan ortiq bemor va jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko`rsatilgan, shulardan 127 ming nafari shifoxonaga yotkizilgan.

Laylo RUSTAMOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1