AsosiyDunyo

Eron – AQSh: vaziyat keskinlashmoqda

'Eron – AQSh: vaziyat keskinlashmoqda'ning rasmi

Ma`lumki, AQShning Iroqdagi operasiyasi paytida Eron Islomiy inqilobni qo`riqlash korpusi (EIIQK) generali Qosim Sulaymoniy o`ldirildi.

EIIQK Al-Quds maxsus kuchlari qo`mondoni general Qosim Sulaymoniyning o`ldirilgani bois AQShdan o`ch olish uchun keng reja tuzdi.

Eronning PRESS TV telekanaliga ko`ra, chorshanbaga o`tar kechasi (EIIQK) qasos operasiyasini boshlagan, unga “Shahid Sulaymon“ nomi berilgan.

Iroqning g`arbiy qismidagi Ein al-Assad bazasi va AQSh harbiy kontingenti joylashgan Erbildagi bazadan raketalar otilgan. Ayn al-Assad bazasi Iroq g`arbiy Anbar mintaqasida joylashgan bo`lib, bu AQShning Iroqdagi birinchi harbiy bazasidir.

“AQShning Iroqdagi bazalariga qilingan raketa hujumlari natijasida 80 kishi halok bo`ldi“, deya xabar berilgan tvitterda. Ammo bu raqamlar rasman tasdiqlanmagan, deb yozayapti newsru.com sayti.

Iroq armiyasi matbuot xizmatining rasmiy bayonotida aytilishicha, AQShning Al-Assad va Erbilda joylashgan harbiy bazalariga amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida Iroq harbiylaridan qurbonlar bo`lmagan.

FOX NEWSning Pentagon manbalariga tayanib xabar berishicha, raketa zarbasi natijasida amerikaliklar orasida ham qurbonlar qayd etilmagan.

Eron ommaviy axborot vositalarining ma`lum qilishicha, Eyn al-Assad bazasidagi nishonlarga 30 tadan 60 tagacha raketalar otilgan. CNN telekanaliga ko`ra, Ayn al-Assad bazasida kamida 13 raketa portlagan. FOX NEWS xabariga ko`ra esa, Iroqdagi harbiy bazalarga 15 ta raketa otilgan bo`lib, 11tasi nishonga urilgan.

Hizbulloh bilan bog`liq Livanning Al-Mayadin telekanali AQShning uchish-qo`nish yo`lagida joylashgan samolyot EIIQKning Iroqdagi Ayn-Asad aviabazasiga raketa zarbasi natijasida yo`q qilinganini xabar qilmoqda. Hozircha Pentagon va Iroq armiyasi qo`mondonligi bu ma`lumotni tasdiqlamadi.

Bundan tashqari, EIIQK agar Vashington Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga raketa hujumlariga javob bersa, Qo`shma Shtatlar ichiga zarba berish bilan tahdid qilgan.

AQSh “Eronning hujumlariga javob berishni“ rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatdi. Bunga javoban EIIQK: “Bu safar biz sizga Amerikada javob beramiz“, deganini yozdi CNN.

Qo`shma Shtatlarning ittifoqchilari ham Eronning qasos nishoni bo`lishi mumkinligi haqida, Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi o`zining telegram kanalida quyidagilarni bayon qildi:

“O`z hududini Eronga qarshi hujumlar yoki tajovuzlar uchun tramplin sifatida taqdim etadigan har qanday davlat Eron qurolli kuchlarining nishoniga aylanadi”

(EIIQK) Eron hududini bombardimon qilinadigan holat yuz berganda, Dubay (BAA) va Hayfa (Isroil)ga hujum qilish bilan tahdid qilgan. Eronning bu bayonotidan so`ng, Isroil havo kuchlari va havo mudofaasi to`liq tayyor holatga keltirilgan.

Newsru Israil xabariga ko`ra, Isroil xavfsizlik xizmatlari vakillari Eronning Iroqdagi AQSh harbiy ob`ektlariga hujumi munosabati bilan maslahatlashuvlar o`tkazishmoqda, chunki ular Hayfaga hujum qilish tahdidlariga jiddiy qarashmagandi.

Jahon siyosatchilari vaziyat tobora keskinlashib borayotganidan xavotirlanmoqda, deya xabar bergan O`zA.

    Boshqa yangiliklar