Parijda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari jamoat transporti harakatini murakkablashtirib qo`ydi. Yo`l tirbandligi 200 kilometr masofagacha cho`zildi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi xabar beradi.
Namoyishga bir necha o`nlab temiryo`lchilar ham qo`shilgan. Mazkur namoyishlar 36 kundan oshiq vaqt davom etayotgan bo`lib, o`n yillikda Fransiyadagi eng uzoq davom etgan namoyish bo`lib turibdi. REGNUM Fransiyada pensiya tizimini bir tartibga solinib, fuqarolarga pensiyadan so`ng ham ishlashga rag`bat beruvchi islohotga tayyorgarlik ko`rilayotganini eslatadi.






