AsosiyDunyo

Eronning BMTdagi doimiy vakili, Tehron Sulaymoniy uchun qasosini yakuniga etkazgani xaqida bayonot berdi

'Eronning BMTdagi doimiy vakili, Tehron Sulaymoniy uchun qasosini yakuniga etkazgani xaqida bayonot berdi'ning rasmi

Majid Taxt-Ravonchi, shuningdek, Vashington tomonidan tajovuz qilinmasa, Tehron yangi harbiy harakatlar olib bormasligini ta`kidladi.

Eron, general Qosim Sulaymoniyning o`ldirilishi uchun qasosini yakuniga etkazdi va agar Qo`shma Shtatlar tomonidan tajovuz bo`lmasa, yangi harbiy harakatlar qilmaydi.

Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonchi, TASS muhbirining AQSh prezidenti Donald Trampning nutqiga, Tehronning munosabati haqidagi savoliga javoban aytib o`tdi.

«Bizning barcha harakatlarimiz Qosim Sulaymoniyning o`ldirilishi bilan mutanosib edi. Ular yakunlandi. Agar Qo`shma Shtatlar Eronga qarshi harbiy harakatlar qilmasa, biz tomondan ham bunday harakatlar bo`lmaydi», deya ta`kidlab o`tdi u.

Diplomatning ta`kidlashicha, Islom respublikasi faqat BMT nizomining 51-moddasiga muvofiq harakat qilgan va o`zini himoya qilish huquqidan foydalangan. «Agar AQSh xarbiy choralar ko`rishga qaror qilsa, Eron javob berishdan boshqa chorasi qolmaydi», deya qo`shib qo`ydi Taxt-Ravonchi.

    Boshqa yangiliklar