AsosiyDunyo

Kecha tunda Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida vaziyat yana keskinlashdi. Jabrlanganlar bor

'Kecha tunda Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida vaziyat yana keskinlashdi. Jabrlanganlar bor'ning rasmi

Qirg`iziston - Tojikiston davlat chegarasining bir qismida, 9 yanvardan 10 yanvarga o`tar kechasi navbatdagi keskin vaziyat kuzatildi.

Qirg`iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar bo`limiga tayanib “kun.uz”ning xabar berishicha, 9 yanvardan 10 yanvarga o`tar kechasi Qirg`iziston Respublikasi Botken viloyatining Jaka-Oruk hududida noma`lum shaxslar Botken shahriga ketayotgan Qirg`iziston fuqarosiga tegishli avtomobilni toshbo`ron qilishgan. Noma`lum shaxslar Tojikiston hududida yashirindi.

Qirg`iziston huquq-tartibot idoralari ma`lumotiga ko`ra, mashinada bo`lganlar orasida jabrlanganlar bor. Avtomobilning orqa va yon oynalari sinib ketgan.

Oradan taxminan bir soat o`tgach, Kocho-Qorin hududida Tojikiston fuqarolari Botkendan Ko`k-Tosh qishlog`iga qarab ketayotgan yana bir Qirg`iziston fuqarosining mashinasiga tosh otishgan. Natijada, mashinaning old oynasi singan.

Taxminan soat 02:40larda Tojikiston fuqarolari Dahma aholi punktida Qirg`iziston fuqarosining uyini toshbo`ron qilishgan. Chegarachilar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birga Qirg`iziston fuqarosining uyiga yo`l olishgan vaqtda, Tojikiston hududidan kichik kalibrli ov miltig`i orqali o`qqa tutilganlar. O`q otish orada uzilishlar bilan kuzatilgan, o`qlar faqat tojikistonliklar tomonidan otilgan.

Botken viloyatida joylashtirilgan chegara bo`linmalari kuchaytirilgan rejimda xizmat olib bormoqda.

Keyinchalik, mahkamaning xabar berishicha, Qirg`iziston - Tojikiston davlat chegarasi qismida vaziyat keskinlashuv elementlari bo`lgan holda, nisbatan barqaror bo`lib turibdi.

Davlat chegarasining qirg`iz-tojik qismidagi nazorat-o`tkazish punktlari odatiy rejimda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar