AsosiyShou-biznes

Xonandalar kinoni ishg`ol etishda davom etishyapti

“Yolg`on dunyo” nomli yangi film fevral oyining o`rtalarida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.

Ravshan Usmonovning loyihasi asosida suratga olingan mazkur filmda Tesha Mo`minov, Botir Muhammadjonov, Mirza Azizov, Hojiakbar Komilov singari elimiz ardog`idagi aktyorlar bilan bir qatorda yosh iste`dodli aktrisa Saida Saidbekova suratga tushgan. Saida Saidbekova xonanda Otabek Mutalxo`jaev, hamda Kaniza bilan partnyor bo`lib, bosh rollardan birini ijro etadi.  Suratga olish ishlari Toshkent shahri va Bekobod tumanida bo`lib o`tdi. Taniqli aktyorlar va xonandalar rol ijro etgan filmga bahoni premeradan so`ng beramiz...

    Boshqa yangiliklar