“Amir To`ra” madrasasi va “Xasan Murod qushbegi” masjidi 8,5 million AQSh dollariga ta`mirlandi

Madaniyat 10.01.2020, 14:17
“Amir To`ra” madrasasi va “Xasan Murod qushbegi” masjidi 8,5 million AQSh dollariga ta`mirlandi

“Amir To`ra” madrasasi va “Xasan Murod qushbegi” masjidi Madaniy meros ob`ektlarida 2016 yil Xitoy tijorat Vazirligi tomonidan ta`mirlash tiklash ishlari olib borish uchun loyiha smeta hujjatlari tayyorlandi.

“Amir To`ra” madrasasi hamda “Xasan Murod qushbegi” masjidida 2017 yilda poydevor qisimlarini mustaxkamlash ishlari olib borildi va devorlarning cho`kishi natijasida hosil bo`lgan yoriqlar bartaraf qilindi, tom qismi va gumbazlar ta`mirlanib tomdagi yoriqlar bartaraf qilindi.

2018 yilda madrasa va masjidning ichki va tashqi devorlarida to`liq ta`milash tiklash ishlari olib borildi, xonalarning asil holatiini saqlab qolgan holda, devorlardagi ganch suvog`i va pol to`shamalari ta`mirlandi. “Xasan Murod qushbegi” masjidini peshtoq qismi ganch suvoq qilindi, ichki qismidagi yog`och ustunlar ta`mirlandi.

2019 yilda obidalarning atrofi obodonlashtirildi, tashqi devorlarida ta`mirlash tiklash ishlari olib borildi.

"Amir To`ra" madrasasidan Bog`cha darvozagacha yo`llaklarga oxak tosh(izvesnyak) dan pol to`shamalari yotqizildi. Mazkur ob`ektlarda ta`mirlash tiklash ishlari 2019 yil dekabr` oyida yakuniga etkazildi. 2020 yil mart oyida binoni topshirish ko`zda tutilgan. Jami ikkila ob`ektga Madaniyat vazirligiga ajratilgan grant hisobidan 8,5 million AQSh dollari sarflandi.

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati tomonidan "Daryo.uz" saytining telegram kanalida bergan ma`lumotlariga Madaniyat vazirligining Axborot xizmati aniqlik kiritmoqda. 

Shuningdek, yurtimizning ko`rki hisoblanadigan madaniy meros ob`ektlarimizda ijtimoiy saytda keltirilgan qayta ta`mirlash (rekonstruksiya) ishlari olib borilmaydi, aksincha, ta`mirlash (restavrasiya) va konservasiya ishlari qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1