1

Britaniyalik oilada 205 yildan beri ilk marta qiz chaqaloq tug`ilgani ma`lum qilindi

Dunyo 10.02.2015, 19:21
Britaniyalik oilada 205 yildan beri ilk marta qiz chaqaloq tug`ilgani ma`lum qilindi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligida istiqomat qiluvchi Lorilar oilasida oxirgi 205 yil davomida ilk marta qiz chaqaloq dunyoga kelgan. Bu haqda kun.uz nashri The Daily Mail ma`lumotlari asosida xabar berdi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, bu qizaloq 2014 yilning oktyabr oyida tug`ilgan, ammo uning oilasidagilar bu voqeani maxfiy saqlab kelishgan.

Yosh ota-onaning ma`lum qilishicha, bu noxush an`ana buzilishiga juftlikning bir-biriga mos kelgani evaziga erishilgan.

Ma`lumot uchun, Lorilar sulolasining besh avlodida qiz farzand tug`ilmagan. Bu oilada oxirgi marta qizaloq tug`ilganida, 1809 yilda Angliyada hali Georg III qirollik qilar, Evropada esa Napoleon Bonapart imperiyasi gullab-yashnayotgan edi.

Bu oilada sun`iy ravishda qiz farzand tug`ilishi uchun o`tgan asrning 60-yillarida amerikalik shifokor Laundrum Shettls boshchiligidagi mutaxassislar “Shettls metodi” vositasida ish olib borishgan, lekin natijaga erishilmagan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1