AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi uchun 48 598,9 mlrd so`m mablag` ajratiladi

'O`zbekistonning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi uchun 48 598,9 mlrd so`m mablag` ajratiladi'ning rasmi

“2020–2022 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4565-son, 10.01.2020 y.) qabul qilindi. 

Qaror bilan 2020–2022 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi  tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Dastur, jumladan, OTMlar,bolalar musiqa va san`at maktablarini, tibbiyot muassasalarini, avtomobil yo`llari, ko`priklar hamda yo`l o`tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta`mirlash va jihozlash bo`yicha manzilli dasturlarni o`z ichiga oladi.

Dasturni amalga oshirish uchun jami 48 598,9 mlrd so`m mablag` ajratilishi belgilandi.

Qarorga ko`ra, yo`l qurilishi ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan yo`l bitumini markazlashtirilgan holda etkazib berish tartibi bekor qilindi va uning belgilangan tartibda faqat pudrat tashkilotlari tomonidan sotib olinishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar