1

Buyuk Britaniyada 7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi

Hi-tech 13.01.2020, 17:31
Teglar: noutbuk, Britaniya
Buyuk Britaniyada 7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi

Britaniyaning Expanscape kompaniyasi 7 ta ekranga ega dunyodagi ilk noutbukni taqdim ishlab chiqdi. Aurora 7 deb nomlangan gadjet noutbukni o`z ish quroli deb bilgan professionallar uchun mo`ljallanadi, deb xabar berdi Somag News nashri.

Noutbukning asosiy ekraniga yana beshta displey biriktirilgan bo`lib, 7-ekran noutbuk klaviaturasi tagida joylashgan. 4 ta ekran 17,3 dyuym o`lcham va 4K sifatga, qolgan 3 ta ekran esa 7 dyuym o`lcham va Full HD sifatga ega.

Qurilmaning batafsil texnik ko`rsatkichlari va narxi ma`lum qilinmagan. Ta`kidlanishicha, yangi gadjet 4 yadroli Intel i7 prosessorida ishlaydi va 64 Gbayt tezkor xotiraga ega.   

Qurilmani ishlab chiquvchilarning ta`kidlashicha, gadjet ustida hali ishlanmoqda va yaqin orada uning sotuvga mo`ljallangan tayyor varianti chiqariladi. Kompaniyada ta`kidlanishicha, bunday kompyuter dasturchilar, kiberxavfsizlik va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1