1

Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolarini tasdiqladi

Jamiyat 12.02.2015, 09:05
Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolarini tasdiqladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qarorlariga muvofiq Bosh vazir lavozimiga Sh.M.Mirziyoev tasdiqlangan.

1. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq:

Mirziyoev Shavkat Miromonovich - Bosh vazir, qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste`mol tovarlari masalalari kompleksi rahbari,

1. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi 

2. Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Azimov Rustam Sodiqovich - Bosh vazirning birinchi o`rinbosari – moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari,

1. Iqtisodiyot vazirligi

2. Moliya vazirligi

3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi

4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 

5. Davlat soliq qo`mitasi

6. Davlat bojxona qo`mitasi

7. Davlat statistika qo`mitasi

8. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi

9. Axborot texnologiyalari 
va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Zokirov Botir Irkinovich - Bosh vazir o`rinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari,

1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 

2. Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Ibragimov G`ulomjon Inomovich - Bosh vazir o`rinbosari, geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari,

 

1. Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Rozuqulov Ulug`bek Ubaydullaevich - Bosh vazir o`rinbosari – «O`zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari;

Ikromov Adham Ilhomovich - Bosh vazir o`rinbosari, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari,

1. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 

2. Xalq ta`limi vazirligi 

3. Sog`liqni saqlash vazirligi 

4. Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Bositxonova Elmira Irkinovna - Bosh vazir o`rinbosari – O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi raisi;

Vazirliklar

Saidova Galina Karimovna - Iqtisodiyot vaziri;

G`aniev Elyor Majidovich - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri;

Abduhakimov Aziz Abduqaharovich - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri;

Teshaev Shuhrat Jo`raqulovich - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri;

Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich - Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri;

Berdiev Qobul Raimovich - Mudofaa vaziri;

Ahmedboev Adham Akramovich - Ichki ishlar vaziri;

Komilov Abdulaziz Hafizovich - Tashqi ishlar vaziri;

Ikromov Muzraf Mubarakxodjaevich - Adliya vaziri;

Alimov Anvar Valievich - Sog`liqni saqlash vaziri;

Vahobov Alisher Vosiqovich - Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri;

Inoyatov Ulug`bek Ilyosovich - Xalq ta`limi vaziri;

lavozimi bo`yicha - Madaniyat va sport ishlari vaziri;

Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich - Favqulodda vaziyatlar vaziri;

Davlat qo`mitalari

Parpiev Botir Rahmatovich - Davlat soliq qo`mitasi raisi;

Dusanov Zohid Abduqayumovich - Davlat bojxona qo`mitasi raisi;

To`raev Botir Eshboevich - Davlat statistika qo`mitasi raisi;

Hidoyatov Davron Abdulpattaxovich - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi;

Arabov Saidqul Amirovich - Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi;

To`ramuratov Ilhomboy Bekchonovich - Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolari etib tasdiqlansin.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining boshlig`i O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo`yicha kiradi.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi  Prezidenti I.Karimov 

Toshkent shahri, 2015 yil 11 fevral

Manba: O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1