AsosiyJamiyat

Namanganda 15 ming AQSh dollari qarzini to`lay olmagan rahbar o`zini otib, o`ldirdi

'Namanganda 15 ming AQSh dollari qarzini to`lay olmagan rahbar o`zini otib, o`ldirdi'ning rasmi

Namangan viloyatida o`z joniga qasd qilib, o`ldirganlik holati qayd etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Mingbuloq tumani, Farovon mahallasida yashovchi “A-t.” FX rahbari, 1962 yilda tug`ilgan T.X. “Sh. Yu” FX rahbari Sh.Yu.dan 15.000 AQSh dollari olib, qarzdor bo`lib qolgan.

T.X. ushbu qarzini to`lay olmay, tushkunlikka tushib qolganligi sababli 2020 yil 13 yanvar kuni o`ziga tegishli “Ij-27 E” rusumli vertikal shakldagi qo`sh og`izli ov miltig`i qo`ndog`ini o`rik daraxtiga, stvol uchini esa o`zinining ko`krak qafasining chap yurak sohasiga tirab, bir marotaba o`ziga o`q uzib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar