8 fevralda Xitoyning Chishuey shahri yonida joylashgan tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo`lgan qadimiy qishloq – Datonda “Xotirada ta`mni yangilash” mavzusida “Ming kishiga mo`ljallangan uzun bayram ko`chasi” degan tadbir o`tkazildi, deya xabar beradi kun.uz China.org.cn ma`lumotlari asosida.
Uzunligi 800 metr keladigan ko`chada bayram dasturxoni “uzun ilon” ko`rinishida yozib chiqildi.Xitoyning Guychjou, Sichuan, Chunsin, Xunan va boshqa viloyatlaridan kelgan 3 mingdan ziyodroq sayyohlar hamda yuzlab mahalliy aholi vakillari dasturxonga qo`yilgan rang-barang taomlar ko`rinishidan bahramand bo`lishdi.
Shuningdek, Yangi yil urf-odatlarini his qilish uchun bu noz-ne`matlardan ta`tib ko`rishdi.





