AsosiyShou-biznes

“Afruz” guruhi vakili Muzaffar Boboxonov farzandli bo`ldi!

O`tgan haftadaning payshanbasida, 5-fevral kuni “Afruz” guruhining vakili Muzaffar Boboxonov ota bo`lish baxtiga muyassar bo`ldi.

Dunyoga kelgan o`g`il farzandlariga yaxshi niyatlar bilan Ibrohim deb ism qo`yishdi. Bugun xonanda rafiqasi Xumoraxon va o`g`lini tug`ruqxonadan olib chiqdi.

Uning xursandchilik kuniga san`at olamida do`stlari hamrohlik qilishdi.

Eslatib o`tamiz, Muzaffar va Xumoraxonlarning nikoh to`ylari 2014 yilning 1 may sanasida bo`lib o`tgandi.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi” gazetasi va darakchi.uz sayti ijodkorlari nomidan ularni farzand bilan tabriklaymiz.

Muallif: Qamariddin Shayxov

Fotomuxbir: Alixan Utarbekov

    Boshqa yangiliklar