Kecha, 12 fevral kuni Gollivudning taniqli aktyorlaridan biri bo`lmish Pirs Brosnanning Malibudagi uyida yong`in kelib chiqqani ma`lum bo`ldi, deya xabar beradi ru.hellomagazine.com nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, oila a`zolarining barchasi uyda bo`lagn chog`da kutilmaganda uyning garaj qismida yong`in kelib chiqqan. “Josus 007” filmidagi bosh qahramonni mahorat bilan ijro etgan Pirs Brosnan uyidagi yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan zudlik bilan o`chirildi. Uy atrofida qisqa muddat ichida ommaviy axborot vositalari, paparassilar paydo bo`lishdi va butun jarayonni videotasmalar va suratlarga muxrlashdi. Ayni damda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.
Ma`lumot uchun, Pirs Brosna va uning rafiqasi Kili Shey Mitchel Malibudagi ushbu hashamatli uyni 2000 yili xarid qilishgan. Ushbu uy tarkibida 4 ta yotoqxona, 12 ta yuvinish xonasi, basseyn, spa-markaz, hammom, sauna, sport zali, xususiy kinoteatr va boshqa ko`plab qulayliklar mavjud. Ularga qo`shni uylarda esa mashxur insonlardan Denni De Vito, Goldi Xoun va Kurt Rassel, Dastin Xoffman hamda Stiven Spilberglar istiqomat qilishadi.





