1

«JV MAN Auto-Uzbekistan» korxona ustaviga 12,1 mln dollarlik xorijiy investisiya kiritildi

Iqtisodiyot 16.01.2020, 09:17
«JV MAN Auto-Uzbekistan» korxona ustaviga 12,1 mln dollarlik xorijiy investisiya kiritildi

“O`zavtosanoat” AJ, “Sinotruk International Investment Limited” va “MAN Truck & Bus SE” o`rtasida mavjud “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK bazasida “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MChJ QK tashkil etish to`g`risida kelishuv imzolandi. 

Buning natijasi o`laroq, “Sinotruk” kompaniyasi “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK muassislari tarkibiga kirdi va korxona ustav fondiga 12,1 mln dollar hajmida bevosita investisiyalar kiritdi. “Sinotruk” kabi sherikni tanlash ushbu texnikaning O`zbekiston va Markaziy Osiyo bozorida mashhurligi, mahsulotning hammabopligi, sifati va keng assortimenti, shuningdek 2009 yildan buyon “Sinotruk” kompaniyasining 25% plyus 1 aksiyasi Germaniyaning “MAN Truck & Bus SE” (“JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK muassislaridan biri) konserniga tegishli ekanligi bo`ldi.

Investisiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 3 ming tijorat texnikasidan 6 ming donaga etkazish, yangi modellar ishlab chiqarishni o`zlashtirish va butlovchi detallarni mahalliylashtirishga yo`naltiriladi. Ushbu loyiha 100dan ortiq ish o`rinlari yaratish, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan tijorat texnikasi mahalliylashtirish darajasini 50%gacha etkazish imkonini beradi.

Ushbu qaror bozorni arzonroq, shu bilan birga sifatli bo`lgan, raqobatbardosh va xaridorlar uchun hamyonbop yuk avtomobillari bilan ta`minlash, respublika ichida turli brendlar o`rtasida raqobatni oshirish, shuningdek yuk ko`tarish qobiliyati 5 tonnadan 70 tonnagacha bo`lgan, jumladan samosvallar ishlab chiqarishni o`zlashtirish maqsadida qabul qilindi.

Ma`lumot uchun:

“Sinotruk” turli brendlar ostida kichik, o`rta va katta yuk ko`tarish qobiliyatiga ega tijorat texnikalarini, shuningdek maxsus maqsadlardagi yuk atvomobillarini ishlab chiqaradi. Kompaniya Xitoyda og`ir yuk avtomobillari ishlab chiqarish va eksport qilish bo`yicha birinchi zrinda turadi, 2019 yilda ular 350 ming dona chiqarilgan. “Sinotruk” tovar aylanuvi o`tgan yilda 15,7 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi, uning Xitoyda 20 zavodi va xorijda 8 ta korxonasi mavjud.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1