AsosiyDunyo

Londonda akula tishlaridan yasalgan eksponatlar ko`rgazmasi tashkil etildi

Londondagi Silayf akvariumi insonlarni ajoyib ko`rgazmaga taklif qildi. Unga kelganlarning akulalar haqidagi tasavvuri yanada boyidi desa mubolag`a bo`lmaydi. Chunki ko`rgazmaga qo`yilgan miniatyura eksponatlarining barchasi akula tishlaridan yasalgan edi.

Miniatyura san`ati dunyosida dong`i qozongan Xedli Vigen tishlardan turli figuralarni yasash qobiliyatini barchaga namoyish qila oldi. Eksponatlar asosan hayvon figuralari bo`lib, ular juda nafis ishlangan. Ular orasidan pingvin, dengiz oti va ulkan dengiz toshbaqasidan iborat 6 ta mashhur skulpturalar o`rin egallagan.

Ko`rgazma ikki hafta davom etadi. U akvariumning akulalarga bag`ishlangan aksiyasi doirasida o`tkazilmoqda. Akula himoyachilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad, yirtqichlarni haddan tashqari ko`p ovlash, ularning yashash maskanlarini vayron qilish kabi tabiatda akulalarning yo`q bo`lishiga sabab bo`layotgan ko`plab muammolar bilan keng ommani tanishtirishdan iborat bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar