1

Germaniyada O`zbekistonning agrar salohiyati namoyish etilmoqda

Iqtisodiyot 17.01.2020, 19:01
Germaniyada O`zbekistonning agrar salohiyati namoyish etilmoqda

 O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi delegasiyasi  Germaniya Federativ respublikasining Berlin shahrida o`tayotgan “International Green Week - 2020” xalqaro ekologik haftaligida ishtirok etmoqda.  

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi  a`zolari mazkur ko`rgazma doirasida bir qator tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.  

Har yili “International Green Week” ko`rgazmasida dunyo miqyosida  oziq-ovqat, o`rmonchilik va yog`ochni qayta ishlash sanoati, bog`dorchilik, chorvachilik  hamda parrandachilikda sohasida erishilayotgan yutuqlar  namoyish etiladi. Joriy  yilda 85-marta o`tkazilayotgan mazkur xalqaro ko`rgazma ilk bor  1926 yilda  Berlindagi “Messe Berlin GmbH” shirkati  ko`magida tashkil etilgan.  

O`tgan yili ushbu ko`rgazmada 75 davlatdan 85 mingdan ortiq vakillar tashrif buyurishgan. Mamlakatimiz vakillari “International Green Week” – “Xalqaro ekologik haftalik” ko`rgazmasida bir necha yillardan buyon faol ishtirok etib kelmoqda.  

Joriy yilda ham ko`rgazmadagi O`zbekiston pavilonida yurtimizning qishloq xo`jaligi, tabiiy imkoniyatlari, boy tarixi, madaniyati, turizm,  iqtisodiy va eksport salohiyati, o`zbek pazandachiligi namunalari namoyish qilinmoqda.  

“International Green Week” ko`rgazmasida Tashqi savdo vazirligi hamda “O`zekspomarkaz” AJ milliy ko`rgazmalar markazi tomonidan O`zbekiston stendi tashkil etilgan.  

O`zbekiston qishloq xo`jaligi vaziri A.Xodjaev tashrif doirasida shuningdek ,  Polsha Qishloq xo`jaligi va qishloq ishlari vaziri J.K.Ardanovski, Niderlandiya Qirolligi Qishloq xo`jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vaziri Marjoneld Sonnema,  Belarus Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri A. Kotko, Moldova qishloq xo`jaligi vaziri I.Perju, Germaniyaning Meklenburg federal Eri qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Yurgen Buxvald bilan uchrashdi.  

Mazkur uchrashuvlar davomida qishloq xo`jaligi sohasida o`zaro tajriba almashish, O`zbekistonda etishtirilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti, yangi agrar texnologiyalarni joriy qilish singari bir qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1