Buyuk Britaniya poytaxti Londonda antiqa qahvaxona ochildi. Uning antiqaligi shundaki, xo`randalar taomlar uchun pul to`lamaydi.
Buning evaziga tashrif buyuruvchilar mushuklarni erkalashi talab etiladi. Qahvaxona xo`jayinining uy hayvonlarini yaxshi ko`rishi nafaqat bunday ajoyib odatdan, balki bu erda jonivorlarning rasmi, o`yinchoqlari ko`pligidan ham ma`lum.
Taomlar assortimenti unchalik ko`p bo`lmasa-da, qahvaxona egalarining xizmat ko`rsatishga noodatiy yondashishi natijasida mijozlar keti uzilmayapti.





