1

Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent nechanchi o`rinda?

Dunyo 19.01.2020, 17:32
Teglar: reyting, Toshkent
Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent nechanchi o`rinda?

Numbeo statistik resursi saytida dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma`lum qilindi. Bu ro`yxatda Toshkent 440 shahar orasida 413-o`rinni egalladi. Ro`yxatda Markaziy Osiyo davlatlari shaharlaridan Ostona 386-o`rinni, Olmaota 389-o`rinni, Bishkek 410-o`rinni egallagan.

Reytingni tuzishda shahardagi transport, ovqatlanish, kiyim-kechaklar, uy-ro`zg`or uchun kerakli narsalar hamda ko`ngilochar shart-sharoitlar narxlari asos qilib olindi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Reytingni tuzuvchi ekspertlar fikricha, yashash qiymati eng yuqori indeksga ega shahar Shveysariyaning eng yirik shahri – Syurix hisoblanadi. Reytingning etakchi beshtaligidagi qolgan o`rinlarni ham Shveysariya shaharlari –Bazel, Lozanna, Jeneva va Byorn egallagan.

Ko`rib turganingizdek, 6-8-o`rinlarda Norvegiyaning Stavanger, Oslo va Tronxeym shaharlari, 9-o`rinda Islandiya poytaxti Reyk`yavik va 10-o`rinda yana bir norveg shahri – Bergen turibdi.    

Dunyoning qolgan megapolislaridan Nyu-York va San-Fransisko 11- va 12-o`rinlarni, Tokio 18-o`rinni, Parij 24-o`rinni, London 28-o`rinni, Dubay 152-o`rinni, Moskva 251-o`rinni egallamoqda.

Sharhlar

Eng sarguzashtbop davlatlar reytingida O`zbekiston birinchi o`rinni oldi

19.01.2020, 17:10

Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi 50 ta sarguzashtli turistik yo`nalishlar ro`yxatini tuzib chiqdi. Reytingning eng yuqori pog`onasida O`zbekiston turibdi, deb yozadi Qalampir.“O`zbekiston rivojlanmoqda. Mamlakatda viza...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1