AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev ishtirokida Parlamentning birinchi yig`ilishi boshlandi

'Shavkat Mirziyoev ishtirokida Parlamentning birinchi yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`iishi bo`lib o`tmoqda. Dastlab tadbirni MSK raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalomov kirish so`zi bilan ochib berdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:

  1. Saylov yakunlari buyicha MSK axboroti.
  2. Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod ko`rsatish.
  3. Spiker o`rinbosarlarini aniqlab olish.
  4. Qo`mitalar raislarini saylash vaa boshqalar etib belgilab olindi.

MSK raisi M.Abdusalomov bo`lib o`tgan saylov yakunlari bo`yicha axborot berdi. Shuningdek, saylangan barcha deputatlarni mas`uliyatli yangi vazifa bilan tabrikladi.

Ayni paytda ikkinchi masala — Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod tayinlash uchun partiya vakillaridan tashkil topgan kengash muhokakama uchun alohida zalda yig`ildi. Yaqin daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri nomi e`lon qilinadi.

 

Bizdan uzoqlashmang!

    Boshqa yangiliklar