1

Qoraqalpoq Davlat universiteti binosida orolbo`yi biologik masalalarini o`rganish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi

Jamiyat 16.02.2015, 11:00
Qoraqalpoq Davlat universiteti binosida orolbo`yi biologik masalalarini o`rganish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi

Hozirda Qoraqalpoq Davlat universitetida ta`mirlash ishlari davom etmoqda. Universitetni rivojlantirish uchun 10,3 milliard so`mdan ziyod mablag` sarflanadi.

Mablag` O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasi tomonidan ajratiladi.

Universitetning asosiy o`quv binosi, talabalar turar joylari qayta ta`mirlanishi, auditoriyalar, Madaniyat saroyi va oshxona butunlay  ta`mirlanishi kutilmoqda. Shuningdek, yaqinda qurib bitkazilgan ikki qavatli binoda Orolbo`yi biologik masalalarini o`rganish uchun zamonaviy muassasalararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi. Tez orada unga zarur asbob-uskunalar keltiriladi.

Universitet binosining ta`mirlash ishlari 2016 yilda yakunlanadi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1