1

Samarqandda tramvay vagonlariga texnik xizmat ko`rsatish sexlari qurish uchun 7 milliard 700 million so`m mablag` ajratiladi

Iqtisodiyot 20.01.2020, 17:58
Teglar: Samarqand, vagon
Samarqandda tramvay vagonlariga texnik xizmat ko`rsatish sexlari qurish uchun 7 milliard 700 million so`m mablag` ajratiladi

2020 yil Investisiya dasturi doirasida Samarqandda tramvay vagonlariga texnik xizmat ko`rsatish, tozalash va yuvish sexlari qurish ishlari amalga oshiriladi. Bunga 7 milliard 700 million so`mmablag` ajratiladi, deya yozadi Zarnews o`z xabarida.

Dastur doirasida, shuningdek, Samarqand shahridagi reabilitasiya markazida ma`muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qabulxonasi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qurilish 2 milliard 940 million mablag` hisobiga amalga oshiriladi.

«Qiyqim me`mor» xususiy korxonasi tomonidan loyiha qiymati 4 milliard 50 million so`m bo`lgan Nurobod tuman ichki ishlar bo`limiga mahbuslarni vaqtinchalik saqlash binosini qurib berish ham ko`zda tutilmoqda.

Nurobodda esa yong`in xavfsizligi deposi bino va inshootlari quriladi. Ushbu bunyodkorlik uchun 4,8 milliard so`m mablag` ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1