1

Qo`shma majlis boshlandi: bugun Bosh vazir nomzodi tasdiqlanadi

Siyosat 21.01.2020, 13:51
Qo`shma majlis boshlandi: bugun Bosh vazir nomzodi tasdiqlanadi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy Majlis Yuqori va Quyi palatalarining qo`shma majlisi boshlandi. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda. 

Majlisga shuningdek, hukumat vakillari, davlat tashkiloti rahbarlari va OAV vakillari ham tashrif buyurgan. Ayni paytda ro`yxatdan o`tganlar natijasiga ko`ra, majlisda 150 nafar deputat va 96 nafar senat a`zolari qatnashmoqda. Qo`shma Majlisni Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ochib berdi. Uning ma`lum qilimshicha, kun tartibiga ko`ra, dastlab Shavkat Mirziyoevning ma`ruzasi tinglanadi.

Keyingi masala esa Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash ishi bo`ladi. 

Demak, yaqin daqiqalarda ushbu qaror bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etamiz. Bizdan uzoqlashmang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1