1

O`zbekistonlik olimlar ko`mirdan o`g`it ishlab chiqarishdi

Jamiyat 16.02.2015, 16:29
O`zbekistonlik olimlar ko`mirdan o`g`it ishlab chiqarishdi

Toshkentdagi “Umumiy va noorganik kimyo instituti” olimlari ko`mir yordamida tuproq unumdorligini oshirishning yangi usulini ishlab chiqishdi. Bu ishda Angren konidan olinadigan ko`mir ishlatiladi, deb yozadi Uzbekistan Today.

Texnika fanlari doktori, professor Shafoat Namazov bunday izlanishlar bilan anchadan beri shug`ullanib keladi, u yurtimizning mineral o`g`itlar kimyo va texnologiyasi sohasining rivojlanishi uchun katta hissa qo`shgan.

Olim va uning hamkasblari avval o`zlari tomonidan yaratilgan va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan foydali mineral va tuzlarning samaradorligini bir necha barobar oshirish imkonini beradigan yangi o`g`itni yaratish ustida ish olib borishmoqda.

Ayni damda Angren koni qo`ng`ir ko`miri va Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olinadigan bu super-o`g`itning ilk tajriba-sanoat partiyalari olindi. G`o`za, boshoqlilar, sabzavotlar va poliz ekinlarida tajriba-sanoat sinovlari, agrokimyoviy tajribalar o`tkazildi. Bu o`g`itning samaradorligi kamyob gumusning foydali xususiyatlarining yorqin namoyon bo`lishi bilan tushuntiriladi. Ayni damda bu o`g`itning sanoatga kiritilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslanishiga tayyorgarlik ko`rish ishlari boshlandi.

“Ishlash oson bo`lmadi. Bu fosforitlar kimyoviy tarkibi bo`yicha kambag`al va qiyin boyitiladigan fosforitlardir, biroq ular negizida o`g`itlar majmuasini yaratdik. Ulardan biri fosfor va azotdan tashqari, oltingugurt va kalsiyga ham ega. Mahalliy xom ashyo negizida nitrofos o`g`itini ishlab chiqdik. Bu o`g`it oddiy ammonizasiyalangan superfosfatga nisbatan o`simliklar uchun ikki marta ko`proq oziqaviy moddalarni saqlaydi. Tuproqning sifatini yaxshilash uchun mo`ljallangan bu organik qo`shilmalar nafaqat ichki bozorga etkazib berilyapti, balki xorijga ham eksport qilinmoqda. Fosforitlarni o`zlashtirishni davom ettirib, biz yana bir necha o`g`it turlarini yaratdik, hozirda ular tatbiq etish uchun tayyorlanmoqda”, deydi ishlanmalar muallifi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1