AsosiyHi-Tech

Watch Urbane “aqlli” soatlari: LG kompaniyasining yangi mahsuloti namoyish etildi

LG kompaniyasi yaqinda ishlab chiqarilgan yangi turdagi “aqlli” soatlariga LG...

LG kompaniyasi yaqinda ishlab chiqarilgan yangi turdagi “aqlli” soatlariga LG Watch Urbane deb nom berdi, deya yozadi hi-news.ru.

Ushbu yangi gadjet Android Wear operasion tizimi ostida ishlaydi. U  1,3 dyuymli P-OLED-matrisali ekran, ikki – tillarang va kumushrang metall korpus, 22 millimetrli toza charmdan ishlangan bog`ich va yurak yurishini qayd qilib turuvchi sensorga ega. Shu bilan birga LG Watch Urbane soatlariga Qualcomm Snapdragon 400 prosessori o`rnatilgan.

Soatlarning umumiy qalinligi jami 10,9 millimetrni tashkil qiladi. Yangi soat oldingi modellardan qo`shimcha sensor va jiddiy dizaynga egaligi bilan farqlanib turadi.

Ayni damgacha LG’ning yangi soatlarini hech kim qo`lga olib ko`rishga muvaffaq bo`lmagan, biroq kompaniya bu soatni ikki haftalardan keyin bo`lib o`tadigan Mobile World Congress ko`rgazmasida namoyish qilishni mo`ljallagan.

    Boshqa yangiliklar