Xabaringiz bor o`zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Shoxruxxonning shu yilning 15-16-17 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida “Men seni sevaman” deb nomlangan yakkaxon konsertini muxlislar e`tiboriga namoyish qilmoqda. Bugun, 17 fevral konsertning so`nggi kuni. Shoxruxxon 17 fevral kuni soat 14:00 da navbatdan tashqari seansini e`lon qildi. Mazkur navbatdan tashqari konsert dasturiga “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan nogironlar taklif etilgan.
Bu haqda bizga “Darakchi” gazetasining muxbiri Qamariddin Shayxov instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berar ekan, Shoxruxxonga nisbatan yana bir bor xurmati oshganini aytib o`tgan va quyidagi fikrlarni ham yozib qoldirgan. “Xonanda Shoxruxxonning bu fazilatidan boshqa san`atkorlar ham o`rnak olsa, o`zining haqiqiy muxlislarini unutmasa, bozorlarda chiptalarni majburan sotmay hayriya ishlariga qo`l urishsa nur ustiga a`lo nur bo`lardi. Balki, shunday xayrli ishlari sabab ham xonandaning konserti fayzli o`tayotgandir. Bugun, 17-fevral kuni Shoxruxxon birvarakayiga ikki marta (14:00 va 19:00 da) konsert dasturini namoyish etadi. Xonandagi kuch-quvvat tilaymiz! Dunyoda ko`ngli yarimlarga quvonch ulashishdek savob ish yo`q”...





