AQSh poytaxti Vashington shahridagi federal muassasalar qor yog`ayotgani sababli 17 fevral kuni yopiladi, deb xabar bergan AQSh ma`muriyati xodimlar boshqarmasi, deya yozadi kun.uz nashri.
Federal muassasalarning o`n minglab xodimlariga bir kunlik ta`til berilgan. Shoshilinch xizmatlar xodimlari bundan mustasno, ular ishga chiqishga majbur bo`lishadi.
Ayni vaqtda AQShning Atlantika okeani sohilida kuchli qor yog`moqda, mutaxassislari ba`zi hududlarda 15 santimetrdan 30 santimetrgacha qalinlikda qor yog`ishini aytishmoqda. Vashingtonda 16 fevral kuni kechgacha qor yog`gan hamda ba`zi yo`llarni qalin qor qoplagan.