AsosiyDunyo

Avstraliyadagi festivalda 20 tonna tarvuz ishlatildi

Avstraliyaning Chinchilla shahrida Melon Festival tanlovi doirasida tarvuzlarda uchish musobaqasi o`tkazildi.

4 kun davomida musobaqaga 15 ming nafardan ko`proq odam tashrif buyurgan. Bu musobaqaning 21 yillik tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

Musobaqa va boshqa qiziqarli tadbirlar o`tkazilishi jarayonida 20 tonna tarvuz ishlatildi.

Chinchilla shahri Avstraliyaning “tarvuzli poytaxti” deb nom olgan bo`lib, bu hududga mamlakatda etishtiriladigan umumiy tarvuz miqdorining to`rtdan bir qismi to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar