AsosiyDunyo

Madam Tyusso muzeyi binosi sotiladi

Londonning Merilbon tumanida joylashgan, 130 yildan buyon faoliyat ko`rsatib kelayotgan Madam Tyusso muzeyi binosi sotuvga qo`yildi.

Mashhurlarning mumdan yasalga figuralari saqlanadigan bu muzey Buyuk Britaniyadagi eng gavjum muassasalaridan biri sanaladi.  Ushbu muzey joylashgan bino 320 mln funt sterlingga baholanmoqda, deya xabar qiladi Evening Standard nashri.

Binoning yillik  ijara  narxi 15,5 mln funt-sterlingga teng. Muzey bilan tuzilgan shartnomaga ko`ra, binoning ijara muddati tugashiga yana 27 yil bor, shuningdek bu muddat 70 yilgacha uzytirilishi mumkin.

Madam Tyusso muzeyining filiallarini dunyoning turli burchakklarida uchratish mumkin. Londondagi mum haykalchalari kolleksiyasi er yuzida eng eski deb tan olingan. Mariya Tyusso Londonga ingliz-fransuz urushidan so`ng 1802 yilda ko`chib kelgan va shu erda ishlab qolib ketgan. Birinchi doimiy ko`rgazma 1835 yilda tashkil etilgan. 1884 yilda ko`rgazmani Bekyker-stritga, 1884 yilda esa, Merilbond-roudga ko`chirib o`tkazishgan. Muze ayni paytga qadar ushbu binoda faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Muzeyning markaziy bo`limlaridan biri Dahshatlar hujrasi sanaladi. Uning bir qismi fransuz inqiloblari va mashhur jinoyatchilar qurbonlarini o`z ichiga oladi. Vaqti kelib, kolleksiya tarkibiga admiral Nelson va  Valter Skottning timsollari qo`shilgan. Keyin bu ko`rgazmaga mashhur kinoaktyorlar, siyosatchilar, olimlarning haykallari ham qo`shilgan. Bu erda siz  Benjamin Franklin va  Jan-Jak Russo, «Bitlz» to`rtligi va  Eynshteynni, Freyd va  Bred Pittni, Juliya  Roberts va  Madonnani ham ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar