1

Cportni yanada ommalashtirish bo`yicha Prezident farmoni qabul qilindi

Siyosat 25.01.2020, 13:26
Cportni yanada ommalashtirish bo`yicha Prezident farmoni qabul qilindi

Kecha, 24 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitasiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta`minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog`lig`ini mustahkamlashga ko`maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo`yicha yuqori natijalarni ta`minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo`lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog`lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovasion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:

Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yo`nalishlari etib belgilandi:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug`ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta`limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma`lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to`rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o`quvchi-sportchilari o`rtasida “Bolalar sport o`yinlari”ni o`tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “Talabalar sport o`yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug`ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlamlari, jumladan, umumta`lim maktabi o`quvchilari, professional va oliy ta`lim muassasalari o`quvchi va talabalari o`rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta`lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko`rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o`tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta`lim maktabi, professional va oliy ta`lim muassasasi nominasiyasini joriy etish;

2020 yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o`tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;

aholining barcha qatlamlari o`rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o`tkazishni joriy etish; 
sport turlari bo`yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg`or innovasion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta`minotni yo`lga qo`yish;

sport turlari bo`yicha 18 yoshgacha bo`lgan hududiy terma jamoa a`zolarini hududiy bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarining o`smirlar bo`limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a`zolarini tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazib borish mexanizmini joriy etish;

2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo`yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;

qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo`lga qo`yish;

O`zbekiston sport delegasiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo`yicha Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;

xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo`lga qo`yish, “Sport Visa” qo`shimcha (elektron bo`lmagan) kirish vizasini joriy etish;

sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan, sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo`yicha zarur choralar belgilash;

sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo`shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1