Rossiya nashrlarida taniqli rus xonandasi Alla Pugachyovaning ingliz va fransuz tillarini o`rgatishga mo`ljallangan bolalar bog`chasi ochayotganligi ko`p marta muhokama qilindi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.
Avvaliga uning bir oylik narxi uchun eng yuqori qiymat 295 ming rubl ekanligi ovoza bo`lgandi. Lekin muassasa xodimlari uning narxini 95 ming rublga tushirishdi.
Primadonna o`zi uchun bu ishdan biror bir foydani ko`zlamaganligini aytib, narxini 39 ming rubl deb e`lon qildi. "Men umuman moddiy manfaatni ko`zlaganim yo`q, murabbiy Irson Kudikov bilan hamkorlikda bepul xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan mazkur muassasani tashkil etdik. Asosiy maqsad kam ta`minlangan va yordamga muhtoj oila farzandlariga bepul ta`lim berishdan iborat. Men hatto ular uchun maxsus stipendiyalar joriy etish haqida ham o`ylab qo`yganman va albatta buni yo`lga qo`yaman",- deb alohida ta`kidlaydi qo`shiqchi.