Orol fonida inson qalbidagi fojialar “Tanho qayiq” filmida aks etadi

Madaniyat 27.01.2020, 10:41
Orol fonida inson qalbidagi fojialar “Tanho qayiq” filmida aks etadi

Kinorejissyor Nozim To`laxo`jaev “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga “Tanho qayiq” badiiy filmini suratga oldi.

Kinoasar syujetiga ko`ra, Orol bo`yidagi kimsasiz ovulda keksa bir qayiqsoz yolg`iz yashaydi. U tevarak-atrofdagi ovullardan bekorchi yosh-yalangni yoniga olib, ularga ota-bobolardan qolgan bu qadimiy kasbni o`rgatadi va shu barobari chin insoniylikdan saboq beradi. Dengiz esa yuzlab chaqirim nariga ketib qolgan. 

Lekin qariya bir kunmas-bir kun uning suvga to`lishiga ishonadi. Bu shunchaki orzu yoxud havoyi ishonch emas. Cholning qat`iy fikricha, “buning uchun biz - odamlar halol, insofli va olijanob yashamoqqa ahd qilsak, kifoya”.

Film ijodkorlarining ta`kidlashicha, Orol fojiasi bir bahona, asar aslida inson qalbining dag`allashib, qurib-sayozlashib boruvidan paydo bo`ladigan falokatlar haqida.

Kartinada Rajab Adashev, Gulsanem Abatbaeva, Bunyod  Rahmatullaev, Murod  Nasimov, Ozodbek  Xurramov, Sarvar  Ilhomov, Bobur  Yo`ldoshev, Shodiya  Abduqodirova, Dilorom  Karimova kabi aktyorlar rol ijro etgan.

“Tanho qayiq” badiiy filmining postanovkachi operatori – Oskar  Baxteev, postanovkachi   rassomi – Shuhrat  Abdumalikov, bastakori – Dmitriy  Yanov-Yanovskiy. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1