AsosiyJamiyat

Mizdahqon – sirli afsonalar maskani

Qoraqalpoq elida tarixning olam-olam sirlarini bag`rida yashirib yotgan go`shalar anchagina. Ulardan biri Xo`jayli tumani markazidan 5-6 chaqirim masofada joylashgan Mizdahqon tarixiy yodgorligidir.

Ming yillar sadosi

Ne-ne suronlarni boshidan kechirgan ko`hna Mizdahqon shaharchasi xarobalari olisdan ko`zga tashlanadi. Bu ko`hna yodgorlik o`z bag`rida ne-ne sinoatlarni yashirib yotibdi ekan? Bir paytlar hayot gullab yashnagan bu hudud endi horg`in sukut izmida.

Mizdahqon yodgorligining umumiy maydoni 250 gektarni tashkil etadi. Bu hududda saqlanib qolgan me`moriy yodgorliklarining nisbatan yangilari o`n oltinchi asrda bunyod etilgan bo`lsa, eng qadimiysining yoshi 2000 yildan oshadi.

Gabrqal`a bu hududdagi eng qadimiy yodgorlik. Uing tamal toshi eramizdan avvalgi to`rtinchi-uchinchi asrlarda qo`yilgan. Ayni paytda bu qal`aning xarobalarigina bizgacha etib kelgan.

Tarixchilarning fikricha bu qal`ashahar hokimning qarorgohi sanalgan. Bu erda olib borilgan arxeologik qazilmalar jarayonida ko`plab uy-ro`zg`or buyumlari, qurol-aslahalar, shuningdek inson suyaklari saqlanadigan ossuariy – ostadonlar topilgan. Ma`lumki, zardo`shtiylar aqidasiga ko`ra, inson o`limidan uning jasadi maxsus minoralarda quzg`unlarga em qilingan, suyaklari esa, maxsus idishlarda erto`lalarda saqlangan.

Gabrqal`a nomi ham keyinchalik islom tamadduni paytida qo`yilgan bo`lishi mumkin. Chunki, gabr so`zi g`ayridin, ma`jusiy degan ma`noni bildiradi.

Fojiaviy muhabbat qissasi

Mizdahqon majmusi tarkibidagi sharqiy tepalikdan joy olgan bu maqbara milodiy X11-X111 asrlarga mansub. Bu erda hukmdor Mazlumxonningqizi dafn etilgan.

Rivoyatlarga ko`ra, qiz haddan tashqari go`zal bo`lgan va uning ta`rifi etti iqlimga yoyilgan. Ne-ne shahzodalar uning qo`lini so`rab kelishgan. Biroq, malika o`ziga atab eng chiroyli qasr qurgan ustaga turmushga chiqishini bildirgan. Bir usta bir kechada malikaga atab baland minorani qurib bitkazadi. Biroq, xon o`z qizini oddiy ustaga berishni istamaydi. Biroq, qiz ham ustaga ko`ngil qo`yib bo`lgan edi.

Malika bilan birga bo`lolmasligini bilgan usta o`zi qurgan minoarning tepasiga chiqib, o`zini pastga tashlaydi. Buni ko`rgan malika ham yigitning ortidan o`z joniga qasd qiladi. Ikki yoshning umriga zomin bo`lganini anglagan xon minorani buzib tashlab, uning o`rniga maqbara bunyod qilishni buyuradi.

Maqbara ichidan ikkita daxma o`rin olgan. Bu qabrlar chindan ham usta va malikaga tegishlimi-yo`qmi bu haqda  aniq ma`lumotlar yo`q. Maqbaraning qadimiy devorlari bu sirlarni o`z bag`rida  yashirib yotibdi.

Sham`uni Nabi kim bo`lgan

Mizdahqon hududidagi diqqatga sazovor obidalardan yana biri Sham`un Nabi maqbarasi hisoblanadi. Aytishlaricha, Sham`un Nabiy juda katta mo``jizalar yaratishga qodir shaxs bo`lgan. U turli kasalliklarni davolay olgan, yomg`ir chaqirish sirlarini bilgan, hatto jonivorlar bilan tillasha olgan emish. Uning maqbarasi  XVIII asrda, ko`hna xarobalar ustida qayta qad rostlagan.

Maqbara ichidagi qabrning odatdagidan ancha kattaligi e`tiboringizni tortadi. Aytishlaricha, u juda baland bo`yli va devqomat kishi bo`lgan. Boshqa rivotyaga ko`ra, bu erda faqat uning tizzalaridan yuqori qismi ko`milgan emish. Buning sabablari ham noayon. Biroq, arxeologik qazilmalar paytimda maqbara ostidan hech qanday inson qoldiqlari topilmagan. Ehtimol bu sag`ana ham ko`pgina yodgorliklar qatori ramziy ziyoratgoh bo`lishi ham mumkin.

Jo`mard qassobning himmati

Majmua tarkibidagi obidalardan yana biri Jo`mard qassob maqbarasidir. Mahalliy aholining fkiricha bu obida g`ayritabiiy kuchga ega. Bu ziyoratgohga kim qaysi umid bilan kelsa, qaysi hojati ravo bo`lishini istasa, barcha  duolari ijobat bo`lar emish.        

Mahalliy afsonalarning yana biriga ko`ra, Jo`mard qassob chorvadorlar va qassoblarning piri bo`lgan. Qurg`oqchilik sababli shahar aholisi tang ahvolga qolganida u o`z hisobidan odamlarni go`sht bilan ta`minlagan ekan Zero jo`manrd so`zi ham javonmard so`zining qisqartma shakli bo`li, olijanob, mard inson degan ma`noini bildiradi. Bosho`qa tarixchilar esa, uning nomini yanayam Zardo`shtiylik ta`limotiga ko`ra ilk odam hisoblangan Govmard (hshkiz boshli odam) nomi bilan bog`lashadi.

Bu erda olib borilgan qazilmalar davomida Oltin O`rda va Xorazmshohlar davriga oid tarixiy yodgorliklar topilgan. Mizdahqonda shuningdek Madaminxon, Qirq mulla, Xalifa Rajab maqbaralari va boshqa ko`plab yodgorliklar ham borki, ularning har biri haqida alohida to`xtalib o`tishga to`g`ri keladi. 

    Boshqa yangiliklar