AsosiyJamiyat

21 fevral kuni Toshkentda umumshahar diktanti tadbiri o`tkaziladi

21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Ma`naviyat targ`ibot markazi tomonidan umumshahar diktanti tadbiri  o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur ta`lim loyihasi poytaxtimizning ko`p millatli aholisiga ona tilidan to`g`ri foydalanishga yordam berish, diktant orqali tilni o`zlashtirish darajasini aniqlash, xat va hujjatlarni savodli tayyorlash madaniyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan. Unda barcha tashkilot va muassasalar, umumta`lim maktablari, akademik liseylaro`quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlari talabalari, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etishi mo`ljallangan. 

Diktant barcha uchun ixtiyoriy va har qanday tekshiruvdan holi o`tkaziladi. Diktant yozganlarga o`zlari qilgan xatolarni tekshirib olishlari uchun uning matni saytimizda joylashtiriladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar