Kecha, 19 fevral kuni Moska shahrida antiqa hodisa yuz berdi. 60 yoshli Galina ismli ayol shahardagi 15-klinik shifoxonada qiz farzandini dunyoga keltirdi. Filatov nomidagi ushbu klinik shifoxona shifokorining so`zlariga ko`ra, chaqaloq kesarcha kesish usulida dunyoga keltirilgan. Ayni damda ona va bolaning salomatligi yaxshi, deya xabar qilmoqda mir24.tv nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, 60 yoshli ona 39 yoshli o`g`lining o`limidan so`ng homilador bo`lishga va farzand ko`rishga ahd qilgan. Dunyoga kelgan qizaloqning og`irligi 2,839 grammni, bo`yi 49 santimetrni tashkil etgan. Unga Kleopatra deb ism berilgan.





