1

Temir yo`l tizimiga xususiy kapitalni jalb etish masalasi ko`rib chiqilmoqda

Siyosat 28.01.2020, 23:57
Teglar: temir yo`l, islohot
Temir yo`l tizimiga xususiy kapitalni jalb etish masalasi ko`rib chiqilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.  

"Ko`pchiligimizning 2019 yil 1 fevraldagi Prezident farmoniga binoan Transport vazirligi tashkil etilganganidan xabarimiz bor, – deb yozadi Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida. – Biroq bu hozircha O`zbekistonda transport-tranzit salohiyatidan to`liq foydalanish, bu sohadagi mantiqsiz va foydasiz monopoliyani cheklashga olib kelmadi.  

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko`ra, O`zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga etkazish imkoniyati mavjud. Biroq tizimdagi eskicha yondashuv ushbu imkoniyatlardan foydalanishga yo`l qo`ymayapti.  

Jahon bankining logistika reytingida O`zbekiston 163 ta davlat orasida 99-o`rinda bo`lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo`yicha 120-o`rinda qayd etilgan. Bunday ko`rsatkich bilan uzoqqa borib bo`lmaydi.  

Optimal tarif siyosati yo`qligi sabab tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati ham cheklanmoqda.

Prezident yig`ilishda havo yo`llaridagi kamchiliklarni bataraf etish bilan bir qatorda

temir yo`l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etishga alohida to`xtalib o`tdi.  

Biz uzoq vaqtdan buyon havo yo`llari monopoliyasi xizmat sifatining pastligi va narxlarning qimmatligiga sabab bo`layotganligini ta`kidlash ortidan sohada qandaydir ijobiy o`zgarishlar boshlanganini seza boshladik. Biroq temir yo`l tizimida jimlik edi.  

Bugungi yig`ilish natijasi temir yo`l sohasida ham nihoyat monopoliyaning cheklanib, sifat ortishi va narx pasayishiga olib kelishiga umid bag`ishlayapti.  

Qanday jamiyat bo`lmasin monopoliya turg`unlik, monopoliya notenglik, monopoliya norozilikdir

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1