1

Abdulaziz Kamilov Berlinda Qozog`iston ishlar vaziri bilan uchrashdi

Siyosat 29.01.2020, 11:44
Abdulaziz Kamilov Berlinda Qozog`iston ishlar vaziri bilan uchrashdi

2020 yilning 28 yanvar kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Qozog`iston ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan uchrashdi.

Suhbat davomida 2019 yil 29 noyabrda Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlariga yuqori baho berib, tomonlar sammit yakunlari bo`yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi yaqin qo`shnichilik va do`stona aloqalarni yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta`kidlandi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga rejalashtirilayotgan tashrifi bu jarayonning muhim bosqichi bo`ladi.

Vazirlar 3 fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining «C5 + 1» shaklidagi uchrashuvini o`tkazish masalalarini hamda ikki tomonlama va xalqaro munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qildilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1