1

“O`zbekinvest”ni qayta tashkil qilish to`g`risida qaror qabul qilindi

Iqtisodiyot 30.01.2020, 22:40
“O`zbekinvest”ni qayta tashkil qilish to`g`risida qaror qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror qabul qilindi.

Qaror asosida mazkur tuzilma “O`zbekinvest” eksport-import sug`urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etildi. 

Endi u eksportni sug`urta bilan qo`llab-quvvatlash bo`yicha kompleks xizmatlar ko`rsatadi. Shu jumladan, xaridorning krediti, qisqa muddatli debitorlik qarzi, etkazib beruvchining krediti, eksportchining aylanma mablag`larini to`ldirish uchun berilgan kredit, qolaversa, eksportni sug`urta bilan qo`llab-quvvatlashning boshqa instrumentlarini taqdim etish bilan shug`ullanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning eksport hajmi hamda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar kiritayotgan sarmoyalar ko`paymoqda. Bu esa, tabiiyki, sug`urta himoyasi mexanizmlarini takomillashtirishni talab etyapti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1