Xonanda Sardor Mamadaliev muxlislari olqishidan ilhomlanib, o`z repertuarini yangi qo`shiqlar bilan boyitishda davom etmoqda...
Ko`z ochib yumguncha o`tib ketuvchi hayot qadri, insoniylik tuyg`ulari haqida madh etuvchi “Umr” nomli qo`shiq bir tinglagandayoq yuragingizga kirib boradi. Qo`shiqqa klip ham suratga olingan. Klipda bosh rolni aktyor Ubaydulla Omon ijro etgan. Sardor Mamadalievning navbatdagi “Men izlagan gul qayda?” nomli qo`shig`i ham yaqin kunlarda klipi bilan ekran yuzini ko`rish arafasida.





