AsosiyHi-tech

Koronavirus tufayli Xitoy "Apple" va "Google"dan ham ayrildi

'Koronavirus tufayli Xitoy "Apple" va "Google"dan ham ayrildi'ning rasmi

Koronavirus sababli Xitoyda ko`plab ommaviy tadbirlar to`xtatilgan, «Xitoycha Apple» ham Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to`laqonli taqdimotini bekor qilgan. Bundan tashqari, mazkur kompaniya o`z yurtidagi do`konlarini ham yopib qo`ydi. Bu haqda Terabayt.uz xabar berdi.

Endi jahonning yirik texnologik gigantlari – Apple va Google ham mamlkatdagi hamda unga qo`shni davlatlardagi faoliyatining bir qismini to`xtatmoqda. Sababi o`sha – xodimlar koronavirus yuqtirishining oldini olish.

Jumladan, Google kompaniyasi Xitoydagi barcha ofislarining, shuningdek, Gonkongdagi, yana Tayvan poytaxti – Taybey shahridagi ofislarining faoliyatini to`xtatgan.

Ayni damda Xitoydagi ayrim xorijiy kompaniyalar faqat onlayn savdo bilan shug`ullanishmoqda, lekin xaridorlar baribir koronavirus xavfidan cho`chishmoqda.

Apple esa bu erdagi barcha uchta do`konini vaqtincha yopgan, u ham o`z xodimlariga xastalik yuqib qolishidan cho`chimoqda. Aytish kerakki, ushbu korporasiyaga koronavirus katta ziyon keltiryapti – uning qurilmalarini terib beruvchi Foxconn va Pegatron zavodlari yopilishi mumkin.

Bu korxonalar epidemiya o`chog`i deb hisoblanib karantinga olingan Uxan shahridan 500 kilometr masofada joylashgan. Apple mahsulotlari uchun butlovchi qismlar tayyorlash va ularni terish bilan ushbu zavodlarda o`n mingga yaqin kishi shug`ullanadi. Xitoyda Yangi yil bayrami munosabati bilan ularning aksariyati hozirda o`z uylariga, shu jumladan Uxanga ham ketgan. Bu shahar joylashgan Xubey provinsiyasi hozir izolyasiya qilingani sababli endi Foxconn hamda Pegatron’ning ko`p xodimlari ishga qayta olmaydi.

Boshqa yangiliklar