AsosiyShou-biznes

Rayhon konsert dasturida farzandlarini keng ommaga ko`rsatdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon bir yillik tanaffusdan so`ng, o`zining 4 kunlik yakkaxon konsert dasturini boshladi. Konsertning birinchi kunida xonanda bu yilgi dasturi kinomatografiya sohasiga oid bo`lishini aytdi. Sahnadagi harakatlanuvchi dekorasiyalar ham suratga olish maydoni kabi qurildi. Bu haqda uz24.uz popcorn.uz nashri ma`lumotlari asosida xabar beradi.

Rayhon “Asalim mani” taronasini ijro qilgan vaqtda monitorda uning egizak farzandlari Imron hamda Islomning chaqaloqlik davridan bugungi kungacha bo`lgan fotosuratlari namoyish etildi. Bu esa egizaklarni keng ommaga ko`rsatgan ilk namoyishi bo`ldi.

Shuningdek, Rayhon konsertida xonanda Lola bilan “Yuragim” nomli duet ijro etdi.

    Boshqa yangiliklar