AsosiyHi-tech

Facebook koronavirus haqidagi asossiz ma`lumotlarni tarmoqdan o`chirishga va`da berdi

'Facebook koronavirus haqidagi asossiz ma`lumotlarni tarmoqdan o`chirishga va`da berdi'ning rasmi

Ma`lumki bugungi kunda Xitoyda avj olgan koronavirus epidemiyasi, uning kelib chiqishi va boshqalar haqida Facebook ijtimoiy tarmog`ida turli bema`ni va asossiz xabarlar keng tarqalmoqda. Ular aholi ongiga ta`sir qilib, vahimaga sabab bo`lyapti. Shu munosabat bilan Facebook kompaniyasi butun dunyo aholisiga tahdid solayotgan koronavirus infeksiyasi haqidagi noto`g`ri ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqdan o`chirishini ma`lum qildi.Bu haqda rbs.ru xabar berdi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, tarmoqdan insonlarni chalg`itishga xizmat qiluvchi fitna va boshqa maqsadda e`lon qilingan barcha nuqtai nazarlar ham o`chiriladi.

Bundan tashqari, “Instagram”da koronavirus haqida asossiz ma`lumotlar tarqalishiga xizmat qilayotgan xeshteglarga ham barham beriladi.

Kompaniya kasallikning tarqalishi bilan bog`liq ehtiyot choralarini, shuningdek, vaziyatni bartaraf etish uchun shifokorlar tomonidan amalga oshiriladigan asosli yangiliklarni ulashishga va`da berdi.

Boshqa yangiliklar