O`zbek san`ati og`ir judolikka uchradi. San`atimizning atoqli vakillaridan biri O`zbekiston Xalq artisti Kamoliddin Rahimov bugun, 25 fevral kuni 72 yoshida olamdan o`tdi.
Jarangdor, jozibali va kuchli ovoz sohibi 1943 yilning 12 yanvarida Namangan viloyatida dunyoga kelgan. 1987 yili u hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutini tamomlagan. U mumtoz qo`shiqlarni mahorat bilan ijro etgan. Repertuaridagi “Bayot”, “Ushshoq”, “Girya”, “Ko`cha bog`i”, “Qalandariy”, “Kuygay” hamda kuylarini o`zi yaratgan “Kul azizim”, “Menga rahm ayla”, “Hargiz”, “Kelmaganingda”, “Mastona-mastona”, “Parvona qilsangiz”, “Ona madxi” kabi qo`shiqlari musiqa shaydolarining ko`ngil mulkiga aylangan.
Kamoliddin Rahimovning oila a`zolari va yaqinlariga tahririyatimiz nomidan chuqur ta`ziyamizni izhor etamiz.
Kamoliddin Rahimov, "O`rtar"
Kamoliddin Rahimov, "Nargiz"





