AsosiyShou-biznes

Nukusda "Nima qildik vatan uchun?" shiori ostida ijodiy festival bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi, Yoshlar madaniyat va san`at markazi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda madaniyat va san`at namoyandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda O`zA ma`lumotlari asosida uz24.uz xabar beradi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida bo`lib o`tgan uchrashuvda “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek Alimov va Nigora Ismoilova ijrosidagi kuy-qo`shiqlar yangradi.

Avval xabar berilganidek, “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida ijodiy festival butun respublikamiz bo`ylab o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar