AsosiyDunyo

Dunyodagi eng antiqa gullar. Top-15 (1-qism)

Tabiatdagi har bir narsa o`z o`rniga ega. Shu jumladan o`simliklar dunyosining ham. Yilning to`rt faslida ko`plab davlatlarda sizu-bizga noma`lum bo`lgan turli-tuman gullar ochiladi. Bugun e`tiboringizga xavola etilayotgan bu gullar haqida siz eshitmagandirsiz balki, agar suratlarni ko`rib baxri-dilingiz ochilayotgan bo`lsa, marxamat ular haqidagi ma`lumotlarni ham bilib oling.

1. Orxideya

Orxideya dunyodagi eng go`zal va qimmatbaho gullar sirasiga kiradi.

Uning 25 mingdan ortiq turi bor. Bu turlarning bir nechtasi daraxt ustida o`sadi. “Noziktabiat” bu gul, gullagan vaqtida allergiya qo`zg`atmaydi.

O`simlik asosan Gavay orollari hamda Tinch okeaniga yaqin joylarda ko`p uchraydi.

Orxideyaning nafaqat yirik balki kichik turlari ham bor.

Ular mahsus parvarishni talab etadi, agar meyyoriga etkazib qaralmasa tezda so`lib, qurib qoladi.

2. Qichitqi daraxti

Yangi Zellandiya qichitqi daraxti eng xavfli o`simliklar turiga kiradi. Qichitqi daraxti yonidan o`taturib uning ignalariga tegib ketgan it yoki otni ham nobud qilishi mumkin. Daraxt ignalari bir necha turdagi zaxarlar aralashmasini hayvonning terisi ostiga kirgan paytda sepib yuboradi. Natijada zaxarlanish sodir bo`ladi. shu sababli ham maxalliy axoli undan nariroq yuradi.

3. Raffleziya Arnoldi

Raffleziya Arnoldi guli parazit o`simliklar turiga kiradi.

Qizig`i shundaki, uning na poyasi, na bargi va na ildizi bor.

Raffleziya guli g`unchalik vaqtida xuddi katta karamni eslatadi. Ochilganida esa diametri 1 metrni, og`irligi esa 4 – 6 kilogrammni tashkil etadi. Bu gulni yaqindan xidlasangiz uning xidi sizga yoqmasligi aniq.

O`zi juda chiroyli va antiqa bo`lgani bilan uning ichidan aynib qolgan go`shtning xidiga o`xshash is keladi.

4. Drakeya

Drakeya aslida orxideya oilasiga mansub gullardandir.

Uning boshqa orxideyalardan farqi shundaki u 6 haftada ochiladi.

Ko`rinishi bolg`acha shaklini eslatadigan ushbu gulda faqat shu turdagi gulni changlantiradigan arilar kelib qo`nadi.

Gap shundaki, gulda o`rg`ochi arini eslatuvchi qizil o`simta mavjud. Ayni shu narsa erkak arini o`ziga jalb qiladi.

Guldan o`z juftini topa olmagan ari boshqa gullarga borib qo`nadi, natijada changlanish hosil bo`ladi.

5. Saguaro

Saguaro dunyodagi eng katta kaktus bo`lib, Meksikaning Arizona shtatida o`sadi.

Bo`yi 15 metrdan oshuvchi ushbu antiqa kaktusning og`irligi 6 – 10 tonnani tashkil etadi.

Kaktusning tanasida 350 mingdan ziyod kaktuschalar o`sadi va ularning orasiga ba`zan qushlar in quradi.

Tepa qismiga chiqib ba`zi xayvonlar oftobda isinishadi. Qizig`i shundaki xayvon va qushlarga kaktusning ignalari kirib ham ketmas ekan, chunki ularning oyoqlari, panjalari qaerga qadam bosishni chamalab bilishar ekan.

6. Volfiya

Volfiya subtropik o`simliklar turiga kiradi.

Asosan Shimoliy va G`arbiy Afrika, Osiyo, Amerikada uchraydi. Shunigdek u akvarium baliqlarininig ham sevimli ozuqasi sanaladi.

Er yuzida volfiyaning 17 turi mavjud xolos. Ildizi, bargi mavjud bo`lmagan 0,3 – 2,0 mm. lik o`simlik suv yuzida suzib yuradi.

Volfiyaning rangli turi ham bor. U dunyodagi eng kichik o`simlik sanaladi. Agar gugurt cho`pini uning yoniga qo`ysangiz, gugurtning jigarrang qismiga 60-90 tagacha volfiyani joylash mumkin ekanini ko`rishingiz mumkin.

8. Velvichiya  

Velvichiya o`simligi 1860 yili Portugaliyalik olim Fridrix Velvich tomonidan janubiy Afrikaning tropik cho`llarining birida kashf qilingan. 

U bir necha barglarni yozganida diametri 1 metr keladi. Barglar orasidan bir necha kichik shoxchalar chiqib, uning uchida g`uddasimon g`unchalar hosil bo`ladi va gul ochadi.

Yomg`ir juda kam yog`adigan joylarda o`sganligi sababli ushbu o`simlik barglari orqali havodan namlik yig`ish maqsadida foydalanadi.

Tasodifan kelgan tumanlarning namligini o`ziga tortib ildizini oziqlantiradi. Velvichiyaning taxminan 400 yildan 1500 yilgacha umr ko`rishi ma`lum.

9. Edelveys

Edelveys ko`pchilik ayollarga sovg`a qilinadigan noyob, antiqa gullardandir.

Chunki u qoya va vodiylarda o`sadi. Bu gulni topishdagi mashaqqat sovg`a qilinayotgan insonga bo`lgan cheksiz xurmat va muhabbatni aks ettiradi.

10. Mimoza

Mimoza nomli ushbu antiqa gul tabiatan juda “uyatchang” sanaladi.

Agar unga qo`l tekkizishni hayol qilib qo`lingizni unga yaqinlashtirsangiz gul o`z barglarini birdaniga berkita boshlaydi, agar tegsangiz, butunlay birin-ketin barcha barglari gullari bilan birga yopiladi.

Ammo biroz o`tgach gul xavf yo`qligini xis qilganidan so`ng yana o`z holiga qaytadi. Mimoza dunyodagi mavjud gullar ichida eng “iboli” gul deb yuritiladi.

11. Amorfofallus

Amorfofallus 1878 yilda florentiyalik olim tomonidan Sumatrada topilgan.

U shunisi bilan antiqaki, gulning o`rtasidan qalin gul bargi o`sib chiqadi va unda o`zgacha hid va ranglar jilosi mujassamlangan bo`ladi.

Ushbu o`simlik o`rtacha 40 yil umr ko`radi, biroq bir yilda faqat bir necha martagina gullaydi.

12. Nefrit Loza guli

Bu gulning rangi kishining ko`zini charchatib qo`yadi.

Chunki u bir qarashda yashil tusda ko`ringani bilan yonib turuvchi yashillik xususiyatiga ega. Nefrit loza guli ko`rshapalaklar yordamida changlanadi.

Ular g`orlarning oldida o`sgani va osilgan holda gullaganligi, buning ustiga kechasi yaxshi ko`ringanligi sababli ko`rshapalaklar aynan shu gulga qo`nadi. Afsuski hozirgi vaqtda bu gulning turi yo`qolish arafasida turibdi.

13. To`tiqush tumshug`i

To`tiqush tumshug`i guli nihoyatda kamyob gullar sirasiga kiritilgan.

Ular xuddi ikki tomchi suvdek aynan to`tiqushning tumshug`iga o`xshaydi. U Kanar orollarida o`sadi va gullari asalarilar bilan doimo gavjum bo`ladi.

14. Shokoladli kosmos

Siz ko`rib turgan gulning nomi aynan shunday nomlanadi.

Bu o`simlik bundan qariyb 100 yil ilgari kashf qilingan.

Meksikada o`suvchi bu guldan shokoladning isi keladi.

Gul barglari to`q qizil va jigarrang ranglarining uyg`unligida bo`lib, yonidan o`tgan har qanday kishini o`ziga tortadi.

15. Arvoh orxideyasi

Oq rangdagi antiqa bu gul ham orxideyalar turiga kiradi.

Ular fotosintez yordamida ozuqa oladi, chunki tanasida barglar mavjud emas. Ularning tabiiy yo`l bilan changlanishi birmuncha mushkul, shu sababli ham ular juda noyob sanaladi va mahsus issiqxonalarda ko`paytiriladi.

Shuni ham ma`lumot o`rnida aytib o`tish lozimki, aynan arvoh orxideyasini ko`paytirish va oziqlantirish uchun uning poya qismiga antiqa turdagi qo`ziqorin biriktirib qo`yilar ekan, shu orqali gul oziqlanar va ko`payar ekan. Ajabo!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar