AsosiyDunyo

Italiyalik baliqchi og`irligi 280 kg. bo`lgan somni ushlashga muvaffaq bo`ldi (video)

Dino Ferrari ismli italiyalik baliqchi oddiy qarmoq yordamida og`irligi 280 kilogrammni tashkil etuvchi som balig`ini tutdi. Bu oddiy qarmoq yordamida tutilgan dunyodagi eng katta baliqlardan biri sanaladi, deya xabar bermoqda espn.go.com nashri.

Ferrari aslida u avtobuslarni ta`mirlash bilan shug`ullanuvchi muxandis. U egizak ukasi bilan baliq oviga chiqqan va kutilmaganda u bilan ana shunday antiqa voqea sodir bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, somni daryodan chiqarib olish uchun ular 40 daqiqa harakat qilishgan. Biroq “omadli baliq ovi” suratlar va videotasmalarga muxrlangach, aka-ukalar baliqni dengizga qayta qo`yib yuborishgan.

    Boshqa yangiliklar