Faqat kartoshka va pishloq eydigan qiz

Dunyo 02.03.2015, 13:43
Faqat kartoshka va pishloq eydigan qiz

Shotlandiyalik Jennifer Redigan 17 yoshda. U faqat va faqat kartoshka hamda pishloqni eya oladi. Boshqa ovqatlarga nisbatan esa unda fobiya bor.

Boshqacha qilib aytganda, u juda kam uchraydigan oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan fobiya kasalligi bilan og`riydi, aynan mana shuning uchun ham u faqat kartoshka va pishloqni iste`mol qiladi. Ma`lumotlarga qaraganda, u bolaligidan mana shu kasallikka chalingani va ikki xil narsadan boshqa narsalarni eya olmasligidan uyalgan, biroq o`zini har qancha majbur qilmasin, go`sht, sabzavot, mevalarni eya olmagan. Jenniferda ko`p hollarda xushini yo`qotish kuzatiladi. Bu uning to`yib ovqatlana olmasligidan dalolat beradi.

Ayni kunlarda shifokorlar unga qo`rqinchni engib, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ham tatib ko`rishni tavsiya qilishmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1