1

Toshkentda hisob palatasining 2014 yilgi faoliyati muhokama qilindi

Jamiyat 02.03.2015, 13:55
Toshkentda hisob palatasining 2014 yilgi faoliyati muhokama qilindi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014 yilgi faoliyati muhokamasiga bag`ishlangan kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Hisob palatasining 2014 yilgi faoliyati to`g`risidagi hisobotda palata o`z faoliyatida davlat va mahalliy rivojlanish dasturlarining ijrosi, mablag`lardan maqsadli foydalanish, iqtisodiyotimiz barcha tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta`minlash uchun mo`ljallangan Davlat byudjetining samarali bajarilishini o`rganishga alohida e`tibor qaratgani qayd etilgan.

Hisob palatasisi tomonidan Davlat byudjeti xarajatlari tahlil etilib, ish haqi, pensiyalar, stipendiya va boshqa ijtimoiy to`lovlar bo`yicha sarf-xarajatlarning byudjet mablag`lari bilan ta`minlangani baholandi.

O`tgan yili byudjet mablag`laridan qonuniy va maqsadli foydalanish bo`yicha o`tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko`ra, qator moliyaviy qonunbuzarliklar, xususan, davlat byudjet mablag`laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi.

Hisob palatasining 2014 yilgi faoliyati to`g`risidagi hisobot muhokamasi yakunlariga ko`ra, O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi tomonidan byudjet nazorati sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish, Davlat byudjeti mablag`larini maqsadsiz sarflashning oldini olish bo`yicha amaliy choralar ko`rish, vazirlik va idoralar bilan iqtisodiyotning turli sohalarida huquqbuzarliklarning oldini olishga doir dasturlarni ishlab chiqish borasida samarali hamkorlikni yo`lga qo`yishga taalluqli tavsiyalar berildi, deb xabar qiladi uz24.uz O`zA ma`lumotlari asosida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1